O‘zbekiston Respublikasida 1- noyabr holatiga ko‘ra 974 ta metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020- yilning yanvar–oktabr oylarida 63,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yil yanvar–oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 % ni tashkil etgan.

1

Xususan:

Mis sim ishlab chiqarish 102,1 %;

Alyuminiy sim ishlab chiqarish 104,8%;

Po‘latdan tashqi diametri 406,4 mm dan katta bo‘lmagan, dumaloq kesimli, payvandlangan, neft va gaz quvurlarini ishlab chiqarish 124,9% ga oshgan.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,5 % (30 ta metallurgiya korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,8 % (131 ta), hamda Toshkent shahri 5,8 % (281 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko’rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi.