2020- yilning yanvar–noyabr oylarida 16 540 ta oilaviy korxona yangi tashkil etilib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 1- dekabr holatiga 41 749 tani tashkil etdi.

1

Hududlar kesimida eng ko‘p yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni Surxondaryo (3 781 ta), Samarqand (2 486 ta) hamda Andijon (1 373 ta) viloyatlarida qayd etildi.

oilaviy-uz

Faoliyat ko‘rsatayotgan jami oilaviy korxonalar soni 2019- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2 barobarga yoki 57,6 % ga oshgan, Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik sohasiga to‘g’ri kelmqoda.