2020- yilning 9 oy yakunlariga ko'ra, sanoat tarmog’ining O’zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 28,5 % ni tashkil etdi.
Joriy davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan, qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2019- yilning yanvar-sentabridagi 70,1 % ga nisbatan 75,8 % gacha o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 15,4 % gacha pasaydi (2019- yilning yanvar-sentabrida 22,9 %).



