Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport – 15,9 mlrd AQSH dollari (-8,8 %)
Import – 25,1 mlrd AQSH dollarini (+21 %) tashkil etdi.
Oltinni hisobga olmaganda tovarlar eksporti 8,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga oshdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 195 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (23,1 foiz), Rossiya (17,1 foiz), Qozog‘iston (6,8 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afg‘oniston (2,6 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.



