Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oshdi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:
savdo xizmatlari — 170 trln so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 115,2 trln so‘m;
moliyaviy xizmatlar — 104,2 trln so‘m;
transport xizmatlari — 103,9 trln so‘m;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 51,9 trln so‘m;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 23,8 trln so‘m;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 16,2 trln so‘m;
shaxsiy xizmatlar — 11,9 trln so‘m;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 11,3 trln so‘m;
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 8,9 trln so‘m;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 7,8 trln so‘m;
ijara xizmatlari — 7,6 trln so‘m;
boshqa xizmatlar — 32,2 trln so‘m.



