Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 236 126 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning tarkibi quyidagicha:

Kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘shgan holda) — 526 659 ta

YATT, dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar va import tovarlari sotuvchilar — 709 467 ta

2026-yil yanvar–iyun oylarida 44 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

photo_2026-07-29_12-10-53_p27393