Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 7 ta hayvonot bog‘i faoliyat yuritmoqda.
Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.
Hayvonot bog‘laridagi hayvon turlari soni 744 tani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 107 taga yoki 12,6 foizga kamaygan.
2025-yilda hayvonot bog‘lariga tashriflar soni 1 465,4 mingtani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 233,4 mingtaga yoki 18,9 foizga oshgan.
Mazkur davrda har 10 ming nafar aholiga nisbatan hayvonot bog‘lariga tashriflar soni 387 tani tashkil qilgan.



