Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 549,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:

— ishlab chiqarish sanoati – 549,7 trln so‘m (86,3 %)

— tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 42,4 trln so‘m (6,7 %)

— elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 41,7 trln so‘m (6,5 %)

— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 3,3 trln so‘m (0,5 %)

nwrl0_cjoodmgdd6zjjnqczhtaitj_ih_p69282