Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 3 ta botanika bog‘i faoliyat yuritmoqda.
Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati va Toshkent shahrida joylashgan.
2025-yilda botanika bog‘larining umumiy maydoni 6 gektarga oshib, 113,3 gektarni tashkil etgan.
Yil davomida botanika bog‘lariga tashriflar soni 1 mln 170 mingtaga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 3,8 barobarga oshgan.



