Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 11,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga oshgan.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 14,5 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 31,8 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 53,7 foizi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 5,2 trln so‘m

Toshkent viloyati — 1,1 trln so‘m

Samarqand viloyati — 830,2 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati — 675,4 mlrd so‘m

Namangan viloyati — 550,4 mlrd so‘m

Andijon viloyati — 507,2 mlrd so‘m

Buxoro viloyati — 392,3 mlrd so‘m

Xorazm viloyati — 390,9 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati — 360,4 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 335,5 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati — 262 mlrd so‘m

Jizzax viloyati — 251,5 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati — 203,2 mlrd so‘m

Navoiy viloyati — 193,1 mlrd so‘m

uopvnbot3ace7cfwjw4fv7ajqrizbbb9_p49690