Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida norasmiy sektor tomonidan 38,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga oʻsgan.

Qurilish ishlari hajmining korxonalar turlari boʻyicha taqsimoti:

kichik korxona va mikrofirmalar — 105,7 trln soʻm (55,0 foiz);

yirik qurilish tashkilotlari — 48,1 trln soʻm (25,1 foiz);

norasmiy sektor — 38,2 trln soʻm (19,9 foiz).

p