Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2026-yil yanvar–iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338,9 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar:
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi:
ishlab chiqarish sanoati — 100,5 trln soʻm;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi — 32,9 trln soʻm;
qurilish — 32,5 trln soʻm;
elektr energiyasi, gaz, bugʻ va konditsiyalangan havo — 29,9 trln soʻm;
turar joy qurilishiga investitsiyalar — 27,3 trln soʻm;
togʻ-kon sanoati — 21,8 trln soʻm;
tashish va saqlash — 16,3 trln soʻm;
ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash — 13,7 trln soʻm;
suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yigʻish va qayta foydalanish — 7,4 trln soʻm;
taʼlim — 7,2 trln soʻm;
axborot va aloqa — 5,8 trln soʻm;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar — 5,6 trln soʻm;
kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat — 4,6 trln soʻm;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 4,6 trln soʻm;
moliya va sugʻurta faoliyati — 2,4 trln soʻm;
sanʼat, koʻngil ochish va dam olish — 2,0 trln soʻm;
boshqa faoliyat turlari — 24,4 trln soʻm.



