Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 161 ta madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni 2024 yilga nisbatan 25 taga koʻpaygan. Madaniyat va istirohat bogʻlarining umumiy maydoni 1,8 ming gektarni tashkil etgan.
2025-yil davomida mazkur bogʻlarga 27 mln tashrif qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 3,2 mln taga oshgan.
Madaniyat va istirohat bogʻlariga tashriflar hamda bogʻlar soni hududlar kesimida:
Toshkent shahri — 14,5 mln marta (29 ta bogʻ);
Namangan viloyati — 9,2 mln marta (5 ta);
Buxoro viloyati — 631 ming marta (11 ta);
Samarqand viloyati — 537,1 ming marta (17 ta);
Fargʻona viloyati — 384 ming marta (8 ta);
Andijon viloyati — 365,5 ming marta (20 ta);
Jizzax viloyati — 356 ming marta (4 ta);
Navoiy viloyati — 327,5 ming marta (9 ta);
Surxondaryo viloyati — 276,1 ming marta (14 ta);
Qashqadaryo viloyati — 186 ming marta (5 ta);
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 120,2 ming marta (9 ta);
Xorazm viloyati — 101,1 ming marta (14 ta);
Sirdaryo viloyati — 34 ming marta (13 ta);
Toshkent viloyati — 16,7 ming marta (3 ta).



