Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 57 ta xorijiy davlatga qiymati 60 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 47,7 ming tonna mayiz eksport qilgan.

Eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 704,5 tonnaga oshgan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp mayiz yetkazib bergan davlatlar:

Qozogʻiston – 15,2 ming tonna;

Xitoy – 6 ming tonna;

Rossiya – 5,6 ming tonna;

Turkiya – 3,9 ming tonna;

Eron – 1,7 ming tonna;

Ukraina – 1,6 ming tonna;

Ozarbayjon – 1,4 ming tonna;

Gruziya – 1,2 ming tonna;

BAA – 1,1 ming tonna;

Germaniya – 1 ming tonna;

Braziliya – 994,2 tonna;

Boshqa davlatlar – 8 ming tonna.

BMTning Comtrade maʼlumotlar bazasiga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston 53 ming tonna mayiz eksport qilib, eksport hajmi boʻyicha dunyoda 7-oʻrinni egallagan.

2024-yilda mayiz eksporti boʻyicha yetakchi davlatlar:

Turkiya — 205,9 ming tonna;

JAR — 81,7 ming tonna;

Xitoy — 76,4 ming tonna;

Chili — 59,1 ming tonna;

Hindiston — 55,6 ming tonna;

AQSH — 53,7 ming tonna;

Oʻzbekiston — 53,0 ming tonna;

Argentina — 38,5 ming tonna;

Gretsiya — 15,6 ming tonna;

Niderlandiya — 12,7 ming tonna.

p