Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 54,4 trln soʻmlik toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,1 foizga oshgan.
Mazkur davrda Oʻzbekiston xorijga 1,6 mlrd dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,1 foizga oshgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 53 %
Ip-kalava – 31 %
Trikotaj mato – 9 %
Gazlamalar – 5 %
Paypoq mahsulotlari – 1 %
Gilamlar – 1 %



