10/12/2020

Joriy yilning 10- dekabr kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika xizmati (TurkStat) bilan hamkorlikda uy xo’jaliklarida AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha seminar tashkillashtirildi.

sesrikichi10122020sesrikichi10122020

Tadbir statistika va axborot departamenti direktori doktor Atilla Karaman va Turkiya statistika xizmati vakili Bilol Qurbonning kirish so’zlari bilan ochildi.

Davlat statistika qo’mitasi tomonidan onlayn uchrashuvda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov hamda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo’limi boshlig’i Shaxboz Samadov ishtirok etdi.sesrikichi10122020sesrikichi10122020

Ushbu veb-seminar AKT yordamida uy xo’jaliklari tadqiqotlari bilan bog’liq tushunchalar va ta’riflar, metodologik asos, tasniflash, qamrov va statistik birliklar, axborot yig’ish, o’lchash va tahlil qilish va tarqatish kabi mavzularni qamrab oldi.sesrikichi10122020sesrikichi10122020

Tadbir davomida ishtirokchilar uy xo’jaliklarida AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech