Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-avgust holatiga Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 685 tasi qoʻshma korxona, 16 288 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.
Oxirgi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha yetakchi TOP-10 davlat:
Xitoy — 6 241 ta;
Rossiya — 3 512 ta;
Turkiya — 2 327 ta;
Qozogʻiston — 1 321 ta;
Janubiy Koreya — 730 ta;
Afgʻoniston — 706 ta;
Ozarbayjon — 492 ta;
Tojikiston — 467 ta;
BAA — 453 ta;
Hindiston — 439 ta.



