Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 4,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston — 2,3 ming tonna;
Rossiya — 1,7 ming tonna;
Qirg‘iz Respublikasi — 163,7 tonna;
Afg‘oniston — 18 tonna;
Birlashgan Arab Amirliklari — 2,4 tonna;
Boshqa davlatlar — 3 tonna.



