Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida jami 166 893 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,1 ming nafarga yoki 17,7 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:
sayohat — 138 320 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash — 24 555 nafar;
davolanish — 2 016 nafar;
xizmat yuzasidan — 1 097 nafar;
oʻqish — 905 nafar.


