Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-avgust holatiga Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:

− savdo sohasida – 7 450 ta;

− sanoat sohasida – 4 098 ta;

− qurilish sohasida – 1 732 ta;

− axborot va aloqa sohasida – 1 764 ta;

− yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 920 ta;

− tashish va saqlash sohasida – 646 ta;

− qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 532 ta;

− sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 241 ta;

− boshqa sohalarda – 3 590 ta.

 x