Joriy yilning 27-avgust kuni Milliy statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, professor Otabek Alimardonov hamda Qoʻmita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz mustaqillik yillarida bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻli, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik va vatanparvarlik tuygʻularining ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirning badiiy qismida Vatanni, mustaqillikni, tinchlik va osoyishtalikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Musiqiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir samimiy muloqot va koʻtarinki ruhda oʻtib, ishtirokchilarda Vatanga sadoqat, milliy gʻurur, yurtga daxldorlik hamda mustaqillik neʼmatlarini qadrlash tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

