Joriy yilning 28-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Qoʻmita raisi B. Hamrayev ochib berib, mustaqillikning mamlakatimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati, oʻtgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida soʻz yuritdi.

Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.









Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faollik ko‘rsatgan bir guruh xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.





Bundan tashqari, statistika sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliqlar topshirildi.








Tadbir so‘ngida bayram dasturxoni yozildi.

