O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Milliy statistika qo‘mitasi vakillari uzoq yillar statistika tizimida samarali faoliyat yuritgan, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari holidan xabar oldi.

Uchrashuvlar davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlashilib, ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, boy kasbiy tajribasi hamda statistika sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Mehnat faxriylari Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklanib, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tilandi.
O‘z navbatida, faxriylar ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Qo‘mita jamoasiga ezgu tilaklarini izhor etdilar.

