Joriy yilning 11- dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, norma ijodkorligi” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.
Unda qo`mita rahbariyati va markaziy apparat xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Shuhrat Fayziyev ishtirok etdi.
Mazkur tadbirni Davlat statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari Zohidjon Ziyayev ochib berib, normativ-huquqiy hujjatlar sohasidagi qonun hujjatlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda Sh.Fayziyev tadbir ishtrikochlariga qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish, ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilish va e'lon qilish tartibi to‘g‘risida axborot berdi.
Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar sohasidagi qonun hujjatlar tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va talablari to‘g‘risida fikr-mulohaza bildirildi.
Axborot xizmati


