Joriy yilning 27-avgust kuni Milliy statistika qoʻmitasida vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indikatorlari monitoringini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Oʻzbekistonda BRM indikatorlari monitoringini yuritish tizimi, milliy indikatorlarni shakllantirish va yangilab borish, maʼlumot manbalari hamda vazirlik va idoralarning ushbu jarayondagi oʻrni haqida maʼlumot berildi.





Shu bilan birga, ishtirokchilarga BRM indikatorlarining milliy va xalqaro maʼlumot manbalari, ularning xalqaro baholashlarda aks etish mexanizmi hamda Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (SDSN) tomonidan shakllantiriladigan BRM indeksi boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida vazirlik va idoralar vakillari bilan BRM indikatorlari boʻyicha maʼlumotlar almashinuvini takomillashtirish, milliy va xalqaro maʼlumotlar oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlash hamda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

