Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.

Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

moliyaviy xizmatlar — 124,5 foiz;

me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 123,6 foiz;

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 120,0 foiz;

ta’lim sohasidagi xizmatlar — 118,4 foiz;

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 115,4 foiz;

sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;

savdo xizmatlari — 115,2 foiz;

yashash va ovqatlanish xizmatlari — 115,0 foiz;

shaxsiy xizmatlar — 114,4 foiz;

transport xizmatlari — 114,3 foiz;

kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 111,3 foiz;

ijara xizmatlari — 110,7 foiz;

boshqa xizmatlar — 111,7 foiz.

photo_2026-09-03_10-52-29_p18824