Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida jami 26,1 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 ming nafarga yoki 27 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 23 138 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 481 nafar;

xizmat yuzasidan – 1 286 nafar;

tijorat – 132 nafar;

o‘qish – 54 nafar;

davolanish – 1 nafar.

photo_2026-09-03_12-58-05_p54680