Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda 445,7 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Ularning 356,8 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, jami tijorat tashkilotlarining 80,1 foizini tashkil etgan.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat tashkilotlari soni:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 356 812 ta (80,1 foiz);
xususiy korxonalar — 47 241 ta (10,6 foiz);
oilaviy korxonalar — 37 345 ta (8,4 foiz);
aksiyadorlik jamiyatlari — 646 ta (0,1 foiz);
boshqalar — 3 653 ta (0,8 foiz).


