Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda bir nafar aholiga o‘rtacha 19,2 kvadrat metr uy-joy maydoni to‘g‘ri kelgan.

Bu ko‘rsatkich 2010-yilda 15 kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lib, 15 yil davomida 4,2 kvadrat metrga yoki 28 foizga oshgan.

Yillar kesimida:

2010-yil — 15,0 kv. m;

2015-yil — 15,2 kv. m;

2020-yil — 16,0 kv. m;

2021-yil — 18,2 kv. m;

2022-yil — 18,5 kv. m;

2023-yil — 19,0 kv. m;

2024-yil — 18,9 kv. m;

2025-yil — 19,2 kv. m.

tashkent_p51531