Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 121,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.
Transport xizmatlari hajmining turlari bo‘yicha tarkibi:
avtomobil transporti — 52,4 %;
yordamchi transport faoliyati — 15,4 %;
havo transporti — 14,5 %;
temir yo‘l transporti — 9,4 %;
quvur transporti — 8,3 %.


