Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-avgust holatiga Oʻzbekistonda 63,9 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ular asosiy iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 12,8 mingta (20,1 %);
boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 9 mingta (14 %);
kiyim ishlab chiqarish — 6,5 mingta (10,2 %);
tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 5,2 mingta (8,2 %);
mebel ishlab chiqarish — 4,4 mingta (6,8 %);
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 3,9 mingta (6,1 %);
rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish — 3 mingta (4,6 %).


