Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 5,3 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 109,9 ming nafarga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:

Qirg‘iz Respublikasi — 2 427 526 nafar;

Qozog‘iston — 955 829 nafar;

Tojikiston — 876 650 nafar;

Rossiya — 257 567 nafar;

Turkiya — 212 265 nafar;

Saudiya Arabistoni — 184 155 nafar;

BAA — 56 910 nafar;

Xitoy — 52 043 nafar;

Misr — 39 599 nafar;

Vyetnam — 33 439 nafar.

 photo_2026-07-17_17-21-21_p73219