Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 21 490 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

− savdo sohasida — 7 637 ta;

− sanoat sohasida — 4 177 ta;

− qurilish sohasida — 1 769 ta;

− axborot va aloqa sohasida — 1 840 ta;

− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 945 ta;

− tashish va saqlash sohasida — 665 ta;

− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 541 ta;

− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 247 ta;

− boshqa sohalarda — 3 669 ta.

photo_2026-09-18_11-43-43_p86740