Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 40 yosh va undan katta talabalar soni 53 483 nafarni tashkil etgan.

2010/2011-o‘quv yili boshida ularning soni 616 nafar bo‘lgan. Shu davrda ko‘rsatkich 52 867 nafarga oshgan.

40 yosh va undan katta talabalar soni o‘quv yillari kesimida quyidagicha:

2010/2011 — 616 nafar

2015/2016 — 170 nafar

2016/2017 — 174 nafar

2017/2018 — 2 142 nafar

2018/2019 — 7 004 nafar

2019/2020 — 9 751 nafar

2020/2021 — 10 110 nafar

2021/2022 — 10 531 nafar

2022/2023 — 20 247 nafar

2023/2024 — 36 113 nafar

2024/2025 — 44 022 nafar

2025/2026 — 53 483 nafar

t