Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 ta davlatdan qiymati 123,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga oshgan.

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya — 19,5 ming tonna;

Ukraina — 2,2 ming tonna;

Qozog‘iston — 914 tonna;

Belarus — 805,2 tonna;

Litva — 746,2 tonna;

Turkmaniston — 715,2 tonna;

Turkiya — 569,5 tonna;

Boshqa davlatlar — 3 ming tonna.

photo_2025-08-12_18-44-26_p13951