Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning import hajmi 29,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.

Import tarkibi quyidagicha:

Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 9,7 mlrd AQSH dollari (+20,0 %);

Sanoat tovarlari — 4,4 mlrd AQSH dollari (+10,1 %);

Xizmatlar — 3,6 mlrd AQSH dollari (+13,3 %);

Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 3,6 mlrd AQSH dollari (+15,6 %);

Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,3 mlrd AQSH dollari (+41,9 %);

Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar — 2,5 mlrd AQSH dollari (+10,7 %);

Turli xil tayyor buyumlar — 1,0 mlrd AQSH dollari (+14,0 %);

Nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari — 909,8 mln AQSH dollari (+14,1 %);

Hayvon va o‘simliklar moylari, yog‘lar va mumlar — 363,0 mln AQSH dollari (+25,3 %);

Ichimliklar va tamaki — 222,2 mln AQSH dollari (+15,3 %).

photo_2026_05_13_12_43_50