Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida qurilish sohasida asosiy kapitalga 27,2 trln soʻmlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Mazkur sohaga toʻgʻri kelgan xorijiy investitsiya va kreditlar respublika boʻyicha oʻzlashtirilgan jami 259 trln soʻmlik xorijiy investitsiya va kreditlarning 10,5 foizini tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar–iyun):
2022-yil — 3,2 trln soʻm;
2023-yil — 4,4 trln soʻm;
2024-yil — 15,3 trln soʻm;
2025-yil — 11,2 trln soʻm;
2026-yil — 27,2 trln soʻm.
2026-yilning yanvar–iyun oylarida qurilish sohasiga oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga koʻpaygan.


