Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 137,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 22,6 trln so‘m;


Toshkent viloyati — 18,5 trln so‘m;


Samarqand viloyati — 17,6 trln so‘m;


Andijon viloyati — 10,5 trln so‘m;


Farg‘ona viloyati — 11,7 trln so‘m;


Buxoro viloyati — 7,7 trln so‘m;


Qashqadaryo viloyati — 9,1 trln so‘m;


Namangan viloyati — 9,1 trln so‘m;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 6,2 trln so‘m;

Navoiy viloyati — 5 trln so‘m;


Xorazm viloyati — 5,3 trln so‘m;


Sirdaryo viloyati — 4,2 trln so‘m;


Surxondaryo viloyati — 5,9 trln so‘m;


Jizzax viloyati — 4,3 trln so‘m.

photo_2026-09-29_15-47-13_p92960