Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna kofe import qilingan.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 468,2 tonnaga yoki 15,6 foizga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya — 2 315,3 tonna;
Hindiston — 260,2 tonna;
Italiya — 230,6 tonna;
Braziliya — 130,3 tonna;
Malayziya — 96,9 tonna;
boshqa davlatlar — 435,1 tonna.


