Milliy statistika qo‘mitasining ahil jamoasi nomidan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.
Mazkur qutlug‘ ayyom sohiblari bo‘lmish soha fidoyilariga eng ezgu tilaklarni izhor etib, sihat-salomatlik, xonadonlariga fayzu baraka, millat ta’limi yo‘lidagi mashaqqatli hamda sharafli faoliyatlarida kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilab qolamiz!


