Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd AQSH dollariga yoki 7,6 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport — 22,9 mlrd AQSH dollari (–3,4 %);
Import — 34,5 mlrd AQSH dollari (+16,3 %).
Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 11,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga o‘sdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (23 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16 foiz), Qozog‘iston (6,5 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afg‘oniston (2,5 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.


