Joriy yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida “Davlat ma’lumotlarini boshqarish — Data Governance” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) eksperti, ochiq ma’lumotlar, axborot texnologiyalari va ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis Azmiddin Rahmatov ma’ruza qildi.

Taqdimotda davlat organlarida ma’lumotlarni boshqarish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish masalalari yoritildi. Xususan, ushbu jarayonning huquqiy asoslari, xalqaro standartlardan foydalanish, mavjud axborot tizimlari va ma’lumotlar to‘plamlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ulardan samarali foydalanish yondashuvlari tushuntirildi.

photo_2026-10-02_15-47-56_p32066

photo_2026-10-02_15-48-19_p29204

p

p

Ma’muriy ma’lumotlardan rasmiy statistikani shakllantirishda foydalanish, ochiq ma’lumotlarning amaliy qiymatini oshirish hamda tahlil va sun’iy intellekt uchun sifatli ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Ma’lumotlarning sifati, to‘liqligi va dolzarbligini ta’minlash, metama’lumotlar va kataloglarni shakllantirish, shuningdek, ma’lumotlar uchun mas’ul xodimlarning vazifa va javobgarligini aniq belgilashga alohida e’tibor qaratildi. Idoralararo ma’lumot almashinuvi, axborot xavfsizligi va maxfiylikni ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘quv seminari statistika faoliyatida ma’lumotlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.