Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 144,7 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,5 foizga o‘sgan.
Moliyaviy xizmatlar tarkibi quyidagicha:
sug‘urtalash va pensiya ta’minoti xizmatlaridan tashqari moliyaviy xizmatlar — 85,7 foiz;
sug‘urtalash xizmatlari — 7 foiz;
yordamchi moliyaviy xizmatlar — 7,3 foiz.


