Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida fuqarolik obyektlari qurilishida 55,5 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,6 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida fuqarolik obyektlari qurilishi hajmi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,2 trln so‘m;
Andijon viloyati — 2,5 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 3,9 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 1,6 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 2,7 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 2,4 trln so‘m;
Namangan viloyati — 2 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 7,9 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 2,4 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 1,8 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 6,5 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 3,7 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 2,8 trln so‘m;
Toshkent shahri — 1,3 trln so‘m.


