Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar:

Xitoy — 13,2 mlrd AQSH dollari;

Rossiya — 9,2 mlrd AQSH dollari;

Qozogʻiston — 3,7 mlrd AQSH dollari;

Turkiya — 1,9 mlrd AQSH dollari;

Afgʻoniston — 1,4 mlrd AQSH dollari;

Koreya Respublikasi — 1,3 mlrd AQSH dollari;

Fransiya — 1,2 mlrd AQSH dollari;

Birlashgan Arab Amirliklari — 1,2 mlrd AQSH dollari;

Gonkong (Xitoy maxsus maʼmuriy hududi) — 980,1 mln AQSH dollari;

Qirgʻiz Respublikasi — 908,4 mln AQSH dollari.

tashqi-savdo_p71948_p93803