Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 142,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu jami qurilish ishlari hajmining 54,8 foizini tashkil etgan.
Qurilish ishlari hajmining toifalar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
Kichik korxonalar va mikrofirmalar — 142,2 trln so‘m (54,8 foiz);
yirik qurilish tashkilotlari — 66,7 trln so‘m (25,7 foiz);
aholi tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari — 50,5 trln so‘m (19,5 foiz).
Mazkur ko‘rsatkichlar 2025-yilning mos davriga nisbatan mos ravishda 10,9 foizga, 18,8 foizga va 6,2 foizga oshgan.


