Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 16,0 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 15,7 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 31,1 foizi shifoxona muassasalari xizmatlari, 13,9 foizi shifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari hamda 55,0 foizi boshqa sog‘liqni saqlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 7,4 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 1,7 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 1,2 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 941,9 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 767,1 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 714,6 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 543,1 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 536,3 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 504,2 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 460,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 381,3 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 358,2 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 279,1 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 268,9 mlrd so‘m.


