Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 2,1 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 26,9 foizga oshgan.

To‘qimachilik mahsulotlari eksportining umumiy eksportdagi ulushi 9,4 foizni tashkil etgan.

Eksport tarkibida:

tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 51 foiz;

ip-kalava — 32 foiz;

trikotaj mato — 8 foiz;

gazlamalar — 6 foiz;

paypoq mahsulotlari — 2 foiz;

gilamlar — 1 foiz.

photo_2026-08-13_17-33-41_p69084