Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 22 029 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 851 tasi qo‘shma, 17 178 tasi xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Oxirgi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,5 barobarga oshgan. Shuningdek, 2025-yilning mos davriga nisbatan ularning soni 4 841 taga yoki 28,2 foizga ko‘paygan.
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi TOP-10 davlat:
Xitoy — 6 649 ta;
Rossiya — 3 690 ta;
Turkiya — 2 410 ta;
Qozog‘iston — 1 378 ta;
Janubiy Koreya — 744 ta;
Afg‘oniston — 740 ta;
Ozarbayjon — 519 ta;
Tojikiston — 490 ta;
BAA — 472 ta;
Hindiston — 455 ta.


