Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 22,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlat:

Rossiya — 3,2 mlrd AQSH dollari;

Xitoy — 2 mlrd AQSH dollari;

Afg‘oniston — 1,2 mlrd AQSH dollari;

Qozog‘iston — 1 mlrd AQSH dollari;

Fransiya — 927,4 mln AQSH dollari;

Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 912 mln AQSH dollari;

Turkiya — 695,8 mln AQSH dollari;

Qirg‘iz Respublikasi — 673 mln AQSH dollari;

BAA — 617,4 mln AQSH dollari;

Tojikiston — 521,4 mln AQSH dollari.

Ushbu davlatlarning O‘zbekiston umumiy eksportidagi ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil etgan.

export_p95422_p12091_p73823